UFC 320. Aleks Pereira revansh jangida Ankalaevni mag'lub etib, chempionlik kamarini qaytarib oldi (video)
Jang birinchi raunddayoq yakuniga yetdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
ФОТО: Getty images
5 oktyabr tongida AQShning Las-Vegas shahrida UFC 320 musobaqasi bo'lib o'tdi. Turnirning asosiy jangi yarim og'ir vazn toifasi chempioni, rossiyalik Magomed Ankalaev hamda braziliyalik sobiq chempion Aleks Pereira o'rtasida kechdi.
Bu jang tez yakuniga yetdi. Pereira kuchli zarbalari bilan Ankalaevni muvozanatdan chiqardi. Shundan so'ng, braziliyalik sportchi yerda yotgan raqibining yuziga ketma-ket zarbalar yo'lladi. Vaziyatni kuzatib turgan hakam Herb Din jangni to'xtatishga majbur bo'ldi. Natijada, Pereira texnik nokaut orqali g'alaba qozonib, chempionlik kamarini qaytarib oldi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist