UFC 314 turniri ishtirokchilari uchun to'langan gonorarlar ma'lum bo'ldi
13 aprel kuni AQShning Florida shtati, Mayami shahrida UFC 314 raqamli turniri bo'lib o‘tdi. Tunning markaziy jangida avstraliyalik Aleks Volkanovski braziliyalik Diego Lopesni ochkolar hisobida mag'lub etib, yarim o'rta vazn toifasidagi bo'sh turgan chempionlik kamarini qo'lga kiritdi. Kutilganidek, eng katta gonorar Aleks Volkanovskiga to‘landi - u 2 million 642 ming AQSh dollari ishlab oldi.
Turnirda jang qilgan ayrim sportchilarning gonorari ma'lum:
Aleks Volkanovski — 2 mln 642 ming dollar
Diego Lopes — 1 mln 432 ming
Maykl Chendler — 521 ming
Peddi Pimblett — 471 ming
Jim Miller — 421 ming
Darren Elkins — 421 ming
Den Ige — 371 ming
Asosiy janglar natijalari:
Aleksandr Volkanovski Diego Lopesni yakdil qaror bilan mag'lub etdi (48–47, 49–46, 49–46);
Peddi Pimblett Maykl Chendlerni texnik nokaut bilan yengdi (3-raund, 3:07);
Yair Rodriges Patrisi Freyrni yakdil qaror bilan mag'lub etdi (30–27, 30–27, 30–27);
Jan Silva Brays Mitchelni bo‘g‘ish usuli bilan yengdi (2-raund, 3:52);
Dominik Reyes Nikita Krilovni nokaut bilan yengdi (1-raund, 2:24).