locale OZ

Uchqo‘rg‘on tuman Voleybol mahorat maktabi o‘quvchilari o‘rtasida sportning voleybol turi bo‘yicha “Tuman IIB boshlig‘i kubogi” musobaqasi o‘tkazildi

Maktab o‘quvchilarining sportga bo‘lgan qiziqishini yanada kuchaytirish, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish maqsadida o‘tkazilayotgan tadbirlar davom ettirilmoqda.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Uchqo‘rg‘on tuman Voleybol mahorat maktabi o‘quvchilari o‘rtasida sportning  voleybol turi bo‘yicha “Tuman IIB boshlig‘i kubogi” musobaqasi o‘tkazildi
photo: Voleybol Uzbekistan

“Yoshlar kuni” munosabati bilan Uchqo‘rg‘on tuman Voleybol mahorat maktabi o‘quvchilari o‘rtasida sportning voleybol turi bo‘yicha “Tuman IIB boshlig‘i kubogi” musobaqasi o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-fevral kuni yoshlar bilan tashkil etilgan muloqotida har haftaning payshanba kuni “Yoshlar kuni” etib belgilanganligi munosabati bilan tuman Ichki ishlar bo‘limi tashabbusligida Uchqo‘rg‘on tumani hududidagi Ichki ishlar vazirligiga biriktirilgan Voleybol mahorat maktabi o‘quvchilari o‘rtasida sportning voleybol turi bo‘yicha “Tuman IIB boshlig‘i kubogi” musobaqasi o‘tkazildi.

Qizg‘in va murosasiz tarzda o‘tgan musobaqaning taqdirlash marosimida Uchqo‘rg‘on tuman IIB boshlig‘i podpolkovnik U.B.Murodullayev ishtirok etib, har haftaning payshanba kuni vazirlik, idora va hokimliklar tomonidan “Yoshlar kuni” o‘tkazilishi, bunda yoshlarning ta’lim olishi, sport bilan shug‘ullanishi, kasb va til o‘rganib, ishga kirishi yoki tadbirkorlik bilan shug‘ullanishiga ko‘maklashishi va boshqa bir qator yo‘nalishlarda uchrashuvlar tashkil etilishi haqida aytib o‘tdi.

Shundan so‘ng g‘olib va sovrindorlarga boshqarmaning diplom, medal va qimmatbaho sovg‘alari topshirildi.

Maktab o‘quvchilarining sportga bo‘lgan qiziqishini yanada kuchaytirish, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish maqsadida o‘tkazilayotgan tadbirlar davom ettirilmoqda.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting