U-23 yosh toifasidagi kurashchilarimiz Osiyo chempionatida 16 ta medal qoʻlga kiritishdi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
FOTO: Olympic.uz
Vyetnamda sport kurashlari boʻyicha U-23 yosh toifasidagi Osiyo chempionati oʻz yakuniga yetdi.
Erkin kurash ustalari oʻrtasida kechgan soʻnggi kun bahslarida atletlarimiz 2 ta kumush va 1 ta bronza medallariga sazovor boʻlishdi.
Kumush medal:
-65 kg: Umidjon Jalolov
-74 kg: Zafarbek Otaxonov
Bronza medal:
-92 kg: Sadriddin Daminjonov
Shu tariqa, mazkur yosh toifasidagi sportchilarimiz qit’a birinchiligini 2 ta oltin, 5 ta kumush va 9 ta bronza, jami 16 ta medal bilan yakunlashdi.
Ertadan U-17 yosh toifasidagi polvonlarimiz bahslarga kirishishadi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist