U15 Osiyo chempionatiga qur'a tashlandi — qizlarimiz jangga shay!
6 iyuldan boshlab barcha vazn toifasida o‘zbek sportchi qizlari kurash maydoniga chiqishadi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Olamsport.uz
6 iyuldan boshlab barcha vazn toifasida o‘zbek sportchi qizlari kurash maydoniga chiqishadi. Ayollar kurashi bo‘yicha U15 Osiyo chempionati oldidan qur'a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston terma jamoasi ham to‘liq tarkibda ishtirok etmoqda.
Terma jamoamiz tarkibi quyidagicha:
• 33 kg: Jansaya Jenbayeva
• 36 kg: Soliha Nurmatova
• 39 kg: Mohlaroy Ahrorjonova
• 42 kg: Muxlisa Masharipova
• 46 kg: Sabrina Abdraimova
• 50 kg: Guzal Abdullayeva
• 54 kg: Madina G‘afurova
• 58 kg: Faroqat Qodamova
• 62 kg: Shasanam Isaqova
• 66 kg: Madina Ismoilova
Sportchi qizlarimiz 6 iyul kunidan boshlab barcha vazn toifalarida gilamga chiqishadi.
Bakradze Iman
Redaktor