U-13 O‘zK – Rapira yo‘nalishidagi ilk g‘oliblar aniqlandi!
Toshkent shahrida bugun kichik o‘smirlar o‘rtasida qilichbozlikning eng nafis yo‘nalishlaridan biri – rapira bo‘yicha yakkalik bahslari bo‘lib o‘tdi.
Ushbu bahslar 13 yoshgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasida o‘tkazilib, yosh qilichbozlar o‘z mahorati bilan jiddiy sinovidan o‘tishdi.
Bellashuvda O‘zbekistonning barcha viloyatlari, Qoraqalpog‘iston va Toshkent shahridan kelgan iqtidorli sportchilar ishtirok etdi. Yosh sportchilarning kuchli irodasi, sport texnikasi va madaniyati aynan bellashuvlarda shakllanadi
Rapirada yakkalik bahsi g‘oliblari:
1 Tashimova Rayana -National Club
2 Kuzikova Ulyana- National Club
3 Malenkina Taya -Toshkent
3 Ruziyeva Samiya -National Club
O‘g‘il bolalar o‘rtasida yakkalik bahsi g‘oliblari:
1 Mustafaev Selimxon - Farg’ona
2 Shukurjonov Muhammadamin - National Club
3 Shayxov Islom- Toshkent
3 Mamadaliyev Rasuljon - Andijon