U-19 O‘zbekiston chempionati Namanganda start oladi
Chempionat doirasida qator muhim va murosasiz uchrashuvlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, bahslar yuqori sport ruhi va professional darajada tashkil etiladi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
photo: Voleybol Uzbekistan
Joriy yilning 1–7-fevral kunlari Namangan viloyatida voleybol bo‘yicha U-19 yosh toifasidagi O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tadi.
Respublikaning turli hududlaridan kelgan eng kuchli jamoalarni birlashtiradigan ushbu musobaqa yosh sportchilar o‘rtasida raqobatbardoshlikni oshirish, iqtidorli voleybolchilarni aniqlash hamda milliy terma jamoalar zaxirasini shakllantirishga xizmat qiladi.
Chempionat doirasida qator muhim va murosasiz uchrashuvlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, bahslar yuqori sport ruhi va professional darajada tashkil etiladi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor