locale OZ

Triatlon tarixi. Hammasi qanday boshlangan edi?

Hech kim qanday ovqatlanishni, velosipeddan yugurishga qayerda o'tishni yoki nima uchun bu kerakligini bilmasdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Triatlon tarixi. Hammasi qanday boshlangan edi?
photo: triatlon Uzbekistan

"Hammasi qanday boshlangan edi" -San-Diego, Kaliforniya, 1974 yil.

Oddiy yoz oqshomlaridan birida San Diego Track Club yugurish jamoasi a'zolari odatdagi mashg'ulotlarini o'zgartirishga qaror qilishdi. Ular yugurishning monotonligidan charchadilar va shunday taklif bilan chiqdilar:

"Keling, suzish va velosportni qo'shamiz. Kim ikkalasini ham tezroq tugatsa, g'alaba qozonadi."

Shunday qilib, deyarli hazil sifatida, zamonaviy triatlon tarixidagi birinchi poyga bo’lib o’tdi.

Format oddiy edi:

Suzish - 460 m

Velosiped - 8 km

Yugurish - 9 km

Qirq olti ishtirokchi qimmatbaho kostyumlar, suv kostyumlari va aerobarlarsiz start chizig'iga chiqishdi.

Hech kim qanday ovqatlanishni, velosipeddan yugurishga qayerda o'tishni yoki nima uchun bu kerakligini bilmasdi.

Asosiy maqsad yangi formatni sinash edi.

O'ttiz besh kishi marraga yetib keldi va o'sha paytda yangi sport turi triatlon dunyoga keldi.

Yarim asr o'tib, triatlon havaskorlardan tortib Olimpiya chempionlarigacha bo'lgan millionlab odamlarni birlashtirga erishdi.

Hammasi bir oqshomda va 46 ishqibozlar shunchaki mashg'ulotlarni biroz qiziqarliroq qilishga qaror qilishi oqibatida amalga oshdi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting