Tramp UFC jangini Oq uyda o'tkazmoqchi
AQSH Prezidenti mustaqillikning 250 yilligiga bag'ishlab 25 ming tomoshabinga mo'ljallangan jang tashkil etmoqchi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: gettyimages.com
UFC uchun eng noodatiy joylardan biri — Oq uyda jang! AQSH Prezidenti Donald Tramp mamlakat mustaqilligining 250 yilligini nishonlash maqsadida UFC jangini Oq uyda o'tkazishni taklif qilmoqda. Uning aytishicha, jangni 20–25 ming nafar tomoshabinga mo'ljallangan maydonda tashkil etish mumkin.
«Bizda bunday tadbir uchun yetarli joy bor», — dedi Tramp.
Ma'lumki, u UFC rahbari Dana Uayt bilan yaqin aloqada va joriy yilda bir necha musobaqalarda shaxsan ishtirok etgan.
Bakradze Iman
Redaktor