locale OZ

Tour of Bostonliq musobaqasida 7 Saber Uzbekistan Women Cycling Team aʼzosi gʻalaba qozondi

Toshkentda veloshosse boʻyicha “Tour of Bostonliq” poygalari yakunlandi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Tour of Bostonliq musobaqasida 7 Saber Uzbekistan Women Cycling Team aʼzosi gʻalaba qozondi
photo: velosport Uzbekistan

Toshkentda veloshosse boʻyicha “Tour of Bostonliq” poygalari yakunlandi. Ikkinchi kun oʻtkazilgan bellashuvlarda erkaklar 162.8 km, ayollar 113 km masofada bellashishdi.

Dastlabki bosqichda katta tafovut bilan gʻalaba qozongan “7 Saber Uzbekistan Women Cycling Team” aʼzosi Shahnoza Abdullayeva yakunda musobaqa gʻolibligini qoʻlga kiritdi. Ikkinchi bosqichda kuchli uchlikdan joy olmagan boʻlsa ham, peloton bilan finish chizigʻini bosib oʻtgani uning ayollar oʻrtasidagi poygalarni gʻalaba qozonishini taʼminladi.

Oʻzbekiston terma jamoasining yetakchisiga aylangan Sergey Rostovsev shiddatli kechgan 2-bosqichda ikkinchi natijani qayd etdi. Afsuski, bu unga umumiy klassifikatsiyada sovrindorlar qatoridan joy olish uchun kamlik qildi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting