locale OZ

Toshkentdagi U19 jahon chempionati Fransiya gʻalabasi bilan yakunlandi

Polsha finalda magʻlub boʻldi, Ispaniya esa bronza medalini qoʻlga kiritdi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Toshkentdagi U19 jahon chempionati Fransiya gʻalabasi bilan yakunlandi
Rasm: Olympic.uz

24-iyul kuni Toshkentda start olgan yigitlar oʻrtasidagi voleybol boʻyicha U19 jahon chempionati 3-avgust kuni nihoyasiga yetdi. Musobaqa dunyoning eng kuchli terma jamoalarini bir maydonga toʻpladi.

Final bahsida amaldagi chempion Fransiya Polshani 3:1 hisobida magʻlub etib, yana bir bor jahon chempioniga aylandi. Bronza medali uchun kechgan keskin bahsda esa Ispaniya Eron ustidan 3:2 hisobida gʻalaba qozondi.

Chempionatning taqdirlash marosimida Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi rahbariyati ham qatnashib, gʻolib va sovrindorlarni tabrikladi hamda musobaqaning yuqori saviyada tashkil etilganini taʼkidladi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting