Toshkentda taekvondo WT’ning pumse yo’nalishi bo’yicha xalqaro seminar ish boshladi
17-18-avgust kunlari murabbiylar uchun mo’ljallangan mahorat saboqlari bo’lib o’tadi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
photo: taekvando Uzbekistan
Toshkentda taekvondo WT’ning pumse yo’nalishi bo’yicha xalqaro seminar ish boshladi.
Poytaxtimizdagi “Universal” sport saroyida taekvondo WT’ning pumse yo’nalishi bo’yicha milliy terma jamoa a’zolari, sportchi va murabbiylar uchun xalqaro o’quv-mashg’ulot seminari tashkil etilmoqda.
Koreya Respublikasidan tashrif buyurgan mutaxassislar ishtirokida o’tkazilayotgan mazkur yig’inda pumse yo’nalishi bo’yicha milliy terma jamoamiz vakillari, Respublikamizning turli hududlaridan kelgan sportchi va murabbiylar qatnashishmoqda. 17-18-avgust kunlari murabbiylar uchun mo’ljallangan mahorat saboqlari bo’lib o’tadi. Jarayonlar 20-avgust kuni nihoyasiga yetadi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor