Toshkentda Prezident Olimpiadasi va “Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari” musobaqalariga start berildi
Poytaxtimizdagi Olimpiya va Paralimpiya shon-shuhrati muzeyida mazkur musobaqalarga ramziy start berish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
photo: MOQ
Toshkentda Prezident Olimpiadasi va “Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari” musobaqalariga start berildi
Mamlakatimizda “Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari” hamda “Prezident Olimpiadasi” sport musobaqalarining 2026-yilgi mavsumi rasman boshlandi.
Poytaxtimizdagi Olimpiya va Paralimpiya shon-shuhrati muzeyida mazkur musobaqalarga ramziy start berish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilda dasturga ilk bor tennis sport turi ham kiritildi. Bu esa yosh sportchilar uchun yangi imkoniyatlar yaratib, tennisning yanada ommalashishiga xizmat qiladi.
Musobaqalar uch bosqichda o‘tkaziladi va unda respublika bo‘ylab iqtidorli sportchilar ishtirok etadi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor