locale OZ

Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashining 46-Bosh Assambleyasi bo‘lib o‘tdi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashining 46-Bosh Assambleyasi bo‘lib o‘tdi
FOTO: Getty Images

Toshkent shahrida Osiyo Olimpiya kengashining 46-Bosh Assambleyasi bo‘lib o‘tdi. Nufuzli anjumanda Osiyo Olimpiya kengashi va unga a’zo Milliy Olimpiya qo‘mitalari vakillari, Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi hamda yetakchi sport tashkilotlarining rahbarlari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi, Milliy Olimpiya va Paralimpiya qo‘mitalari rahbariyati ishtirok etdi.

Assambleya doirasida Osiyo sportining istiqboliga oid masalalar, yirik kompleks musobaqalarga tayyorgarlik jarayonlari va Olimpiya harakatini rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslar muhokama qilindi. Tadbirning asosiy masalalaridan biri Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylash jarayoni bo‘ldi.

Shuningdek, 2029 yil Toshkent shahrida IV Osiyo yoshlar o‘yinlarini o‘tkazish bo‘yicha rasmiy shartnoma imzolandi. Assambleya yakunida Milliy Olimpiya qo‘mitalari assotsiatsiyasining birinchi vitse-prezidenti, Qatar Milliy Olimpiya qo‘mitasi Prezidenti Shayx Jav’an bin Hamad Ol Soniy Osiyo Olimpiya kengashi Prezidenti etib saylandi.

O‘zbekiston tomoni yangi saylangan yetakchini mazkur mas’uliyatli lavozim bilan muborakbod etdi hamda unga Osiyo qit’asida Olimpiya harakatini rivojlantirish yo‘lidagi faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting