Toshkentda ilk bor WTT turkumi musobaqalari o‘tkaziladi — kirish bepul!
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Toshkentda ilk bor WTT turkumi musobaqalari o‘tkaziladi — kirish bepul!
2025 yil 28–31 may kunlari Toshkent shahrida birinchi marta xalqaro stol tennisi turniri — WTT Youth Contender Tashkent 2025 bo‘lib o‘tadi. Musobaqalar «Humo Arena»da tashkil etiladi va dunyo bo‘ylab yurtimizga tashrif buyuradigan yosh sportchilarni yig‘adi.
O‘zbekistonlik tennischilarda sovrinli o‘rinlar uchun kurashishga yaxshi imkoniyatlar bor. Shu bois ushbu nufuzli musobaqada yurtdoshlarimizni qo‘llab-quvvatlash juda muhim. Qayd etish joiz, musobaqaning barcha kunlarida tomoshabinlar uchun kirish bepul bo‘ladi.
O‘zbekiston stol tennisi federatsiyasi «Sport» telekanali bilan bellashuvlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda namoyish etish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.
Bakradze Iman
Redaktor