Toshkentda figurali uchish bo'yicha O'zbekiston chempionati boshlandi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Photo: Sport vazirligi
Toshkentdagi “Humo arena” majmuasida figurali uchish bo'yicha turli yosh toifalaridagi O'zbekiston chempionati start oldi. Unda Respublika hududlaridan tashrif buyurgan sportchilar g'oliblik uchun bahs olib bormoqda.
Ushbu chempionat terma jamoa murabbiylari uchun yaqinlashib kelayotgan mavsum oldidan iqtidorli sportchilarni aniqlash, ularni xalqaro musobaqalarga tayyorlash uchun saralash vazifasini bajarib beradi. Dasturga ko'ra, sportchilar bugun qisqa dasturdagi chiqishlarini namoyish etishadi. Ertaga belgilangan erkin dasturdan so'ng barcha yo'nalishda g'olib va sovrindorlar aniqlanadi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist