locale OZ

Toshkentda FEI Jahon kubogi saralash bosqichining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

24-aprel kuni Toshkent shahrida ot sporti bo‘yicha xalqaro musobaqa — FEI Jahon kubogi saralash bosqichining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Toshkentda FEI Jahon kubogi saralash bosqichining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi
photo: Ot sporti Uzbekistan

24-aprel kuni Toshkent shahrida ot sporti bo‘yicha xalqaro musobaqa — FEI Jahon kubogi saralash bosqichining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Musobaqalar 23-apreldan 3-mayga qadar davom etadi.

Ochilish marosimida Rossiya ot sportining federatsiya prezidenti Marina Vladimirovna Sechina hamda O’zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiya raisi Gaziyev Baxromjon Valiyevich nuqt so‘zlashdi. Ular o‘z nutqlarida xalqaro musobaqalarning ahamiyati, ot sportini rivojlantirish va davlatlar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash masalalariga alohida to‘xtalib o‘tdilar.

Ochilish marosimi musobaqalarning rasmiy boshlanishiga zamin yaratdi. Unda dunyoning qariyb 20 mamlakatidan 100 dan ortiq sportchilar ishtirok etmoqda.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting