Toshkent yoshlar o‘rtasidagi dzyudo bo‘yicha Jahon chempionatiga mezbonlik qiladi
Bahslar yakka va aralash jamoaviy yo‘nalishlarda tashkil etiladi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Фото: Olympic.uz
Joriy yilning 22-25 oktyabr kunlari Amman (Iordaniya) shahrida dzyudo bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati o‘tkazilishi belgilangan edi. Biroq mintaqadagi vaziyat sabab mazkur musobaqa O‘zbekiston poytaxtiga ko‘chirildi. Bu haqda Xalqaro dzyudo federatsiyasi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, 19-22 noyabr kunlari Toshkent dunyoning eng kuchli yosh dzyudochilarini o‘zida qabul qiladi. Bahslar yakka va aralash jamoaviy yo‘nalishlarda tashkil etiladi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist