locale OZ

Toshkent viloyatining barcha hududlarida sport sinovlari o‘tkazilmoqda

Bu haqda Sport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Toshkent viloyatining barcha hududlarida sport sinovlari o‘tkazilmoqda
Фото: Спорт вазирлиги

Toshkent viloyatining barcha hududlarida aholining jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash, jismoniy faolligini oshirish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga qaratilgan sport sinovlari belgilangan tartibda tashkil etilmoqda.

Jumladan, Piskent tumanida 30 yoshdan 70 yoshgacha bo‘lgan aholi o‘rtasida “Jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash” sport sinovlari o‘tkazilmoqda. Sinovlar jarayonida ishtirokchilarning kuch, tezkorlik, chaqqonlik, chidamlilik va umumiy jismoniy tayyorgarlik ko‘rsatkichlari belgilangan mezonlar asosida baholanmoqda.

Mazkur sport sinovlarini tizimli ravishda o‘tkazish orqali aholining jismoniy faolligini oshirish, ularni ommaviy sportga keng jalb etish hamda sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni izchil davom ettirish ko‘zda tutilgan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting