Toshkent viloyatida zamonaviy sport maydonchasi foydalanishga topshirildi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Фото: Спорт вазирлиги
Toshkent viloyati Quyichirchiq tumanidagi Oydinobod mahallasi yoshlari uchun Mustaqilligimizning 34 yilligi munosabati bilan zamonaviy sport maydonchasi bunyod etildi.
Ochilish marosimida viloyat hokimi o‘rinbosari O. Sultonbekov, Yuqorichirchiq tumani hokimi U. Atemov, Quyichirchiq tumani hokimi A. Holmurodov, sport maktabi va yoshlar ishlari bo‘limi mutasaddilari ishtirok etib, bu kabi sport inshootlari yoshlarning sog‘lom, faol va baquvvat bo‘lib ulg‘ayishida beqiyos ahamiyat kasb etishini ta’kidladilar.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist