Toshkent viloyatida street vorkout maydonchasining ochilish marosimi o‘tkazildi
Toshkent viloyati Quyichirchiq tumani Chinobod mahallasida yangi street vorkout maydonchasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi
Mazkur loyiha aholining bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish va sport bilan muntazam shug‘ullanishlari uchun qulay sharoit yaratish maqsadida amalga oshirildi.
Tadbirda mahalla faxriylari, sport maktabi rahbariyati, mahalla yoshlari hamda tuman hokimligi vakillari ishtirok etib, mazkur maydonchaning yoshlar tarbiyasi va ularni sportga keng jalb etishdagi ahamiyatini alohida ta’kidladilar.
Shuningdek, tadbir davomida yoshlarga yangi sport maydonchasidan samarali foydalanish, uni asrab-avaylash va doimiy ravishda sog‘lomlashtiruvchi mashg‘ulotlarda faol qatnashish bo‘yicha tavsiyalar berildi.