Toshkent shahrida karate WKF sport turini rivojlantirish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi
Yurtimizda so‘nggi yillarda karate WKF sport turiga qaratilayotgan ulkan e’tibor o’z samarasini bermoqda. Xususan, Davlatimiz rahbarining 2023-yil 3-noyabr kuni imzolagan “Karate (WKF) sport turini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida“gi qarori o‘zbek karatesi tarixida yangi sahifa ochdi.
"JAR" sport-sog‘lomlashtirish markazida Toshkent shahrida karate wkf sport turini rivojlantirish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi. Ushbu yig‘ilishda O’zbekiston karate WKF assotsiatsiyasi raisi Rashid Talipov, Toshkent shahar sport boshqarmasi boshlig‘i Bekzod Ubaydullayev, hamkor tashkilotlar, sport maktab direktorlari, trenerlar, hakamlar, sportchilar ishtirok etdilar.
Dastlab O‘zbekiston karate WKF federatsiyasi hududiy bo‘limi rahbarligiga Foziljon Sobirov bir ovozdan ma'qullandi.
Yig‘ilish davomida mas'ullar tomonidan 2026-yilda sport maktablarida karate WKF sport turini rivojlantrish, o‘quv mashg‘ulot yig‘inlarini tashkil etish, xususiy klublar faoliyatini amalga oshirish, saralash musobaqalarida sog‘lom raqobat o‘rnatish kabi amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifa, topshiriqlar belgilab olindi.