Toshkent sambo bo‘yicha xalqaro Anatoliy Vasilevich Kochedikov xotirasiga bag‘ishlangan musobaqaga mezbonlik qildi
Toshkent sambo bo‘yicha xalqaro xotira turniriga mezbonlik qildi
25 aprel kuni Toshkent shahridagi "Jar" sport majmuasida sambo bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi xalqaro xotira turniri bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan murabbiy, jahon chempioni Anatoliy Vasilevich Kochedikov xotirasiga bag‘ishlangan musobaqada 220 nafardan ortiq o‘smir sambochilar g‘oliblik uchun kurashishdi.
Musobaqada o‘zbekistonlik sambochilardan tashqari Yaponiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Rossiya mamlakatlaridan jamoalar sovrinli o‘rinlar uchun bahslarga kirishdi.
Turnirni kuzatish uchun Osiyo Olimpiya kengashi vitse-prezidenti va O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Otabek Umarov, MOQ bosh kotib Oybek Kasimov, Osiyo-Okeaniya sambo uyushmasi prezidenti Alamjon Mullayev, O‘zbekiston sambo assotsiatsiyasi raisi Alisher Alimov va bir qator xorijiy mehmonlar arenaga kelishdi.
Qayd etish lozimki, mazkur musobaqa an’anaviy tarzda tashkil etib kelinmoqda. Bu safargi turnir tartib bo‘yicha to‘rtinchisi bo‘ldi. Musobaqa nufuzi va isht