Toshkent qilichbozlik boʻyicha Jahon kubogiga mezbonlik qiladi
29-mart kuni esa jamoaviy yoʻnalishda gʻolib va sovrindorlar aniqlab olinadi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Фото: Olympic.uz
27-29-mart kunlari Toshkent qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichini qabul qiladi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo'mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Ayollar oʻrtasida tashkil etiladigan mazkur musobaqada dunyoning eng kuchli sablyachilari jam boʻlishadi.
Bellashuvlar “Olimpiya shaharchasi”da tashkil etilishi rejalashtirilgan. Dasturga koʻra, 27-28-mart kunlari yakkalik, 29-mart kuni esa jamoaviy yoʻnalishda gʻolib va sovrindorlar aniqlab olinadi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist