Toshkent — IV Osiyo yoshlar oʻyinlari mezboni
Toshkent 2029-yilgi IV Osiyo yoshlar oʻyinlariga mezbonlik qilishi haqida qaror qabul qilindi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
photo: Sports24.uz
Bahraynda oʻtkazilgan Osiyo Olimpiya Kengashining 101-Ijroiya qoʻmitasi yigʻilishida Toshkent 2029-yilgi IV Osiyo yoshlar oʻyinlariga mezbonlik qilishi haqida qaror qabul qilindi.
Bugun III Osiyo yoshlar oʻyinlarining tantanali yopilish marosimida bu haqida rasman e’lon qilindi. Demak, Oʻzbekiston yana 4 yildan keyin qit’amizning eng kuchli yosh sportchilarini oʻzida jamlaydi.

Osiyo Olimpiya kengashi (OOK) vitse-prezidenti, Oʻzbekiston MOQ raisining birinchi oʻrinbosari Otabek Umarov OOK bayrogʻini qabul qildi
Ibrohim Jalolov
Redaktor