Topuriya uchta vazn toifasida ham chempion bo‘la oladi: Maykl Bisping
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: gettyimages.com
UFC’ning sobiq jangchisi va hozirgi tahlilchisi Maykl Bispingning ta’kidlashicha, joriy chempion Iliya Topuriya uchta vazn toifasida ham chempionlikni qo‘lga kirita oladi. Bispingga ko‘ra, Topuriya avval yengil vazndagi sobiq chempion Charlz Oliveira’ni mag‘lub eta oladi, keyin esa yarim o‘rta vaznda Islam Maxachevga qarshi g‘alaba qozonishi mumkin.
«Menimcha, Topuriyaning Oliveira’ga qarshi jangda g‘alaba qozonish imkoniyati yuqori. U yengil vaznda chempion bo‘ladi. Agar Islam Maxachev Jek Della Maddalenani yengib, yarim o‘rta vazndagi kamarni qo‘lga kiritsa, bu ikki jangchi o‘rtasida to‘qnashuv bo‘lishi muqarrar. Men Iliyani uchta vazn toifasida ham chempion bo‘la olishiga ishonaman», — dedi Bisping.
Bakradze Iman
Redaktor