Topuriya navbatdagi janggi uchun Maxachev va Pimblett oʻrtasida tanlov qildi
Islam soʻnggi janggini yarimoʻrta vazn toifasida oʻtkazgandi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
FOTO: Getty Images
Yengil vazn toifasida amaldagi UFC chempioni Iliya Topuriya Islam Maxachev bilan jang qilishni xohlashini ma’lum qildi.
Maxachev yaqinda yarimo‘rta vazn toifasida ham chempionlik kamarini qo‘lga kiritgandi. Agar bu jangni tashkil etishning imkoni bo‘lmasa, Topuriya britaniyalik Peddi Pimblettga qarshi oktagonga chiqishni istaydi.
«Agar menga yarimo‘rta vaznga o‘tishga ruxsat berishmasa, Peddi bilan jang qilishni xohlayman. Chunki men haqiqatan ham xohlaydigan jang — bu Islam bilan jang», — deydi Topuriya.
Nasrullo Karimov
Jurnalist