locale OZ

Topuriya faoliyati davomida duch kelgan eng qiyin raqibi kimligini aytdi

Gruziyalik jangchi 2015 yilda ilk bor oktagonga koʻtarilgan.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Topuriya faoliyati davomida duch kelgan eng qiyin raqibi kimligini aytdi
FOTO: Getty Images

Yengil vazn toifasida UFC chempioni, 29 yoshli Iliya Topuriya MMAdagi faoliyati davomida duch kelgan eng qiyin raqibi kimligini ma’lum qildi.

Sportskeeda portalining xabar berishicha, gruziyalik jangchi bu borada Aleksandr Volkanovskini alohida e’tirof etgan. Topuriyaning ta’kidlashicha, Volkanovski juda aqlli jangchi va u oktagonda qanday harakat qilishni yaxshi biladi. Shuningdek, «Matador» raqibining jang paytidagi hisob-kitoblarini yuqori baholagan.

Ma’lumot o‘rnida, asli kelib chiqishi gruziyalik bo‘lgan sportchi professional MMAdagi debyutini 2025 yilning aprel oyida o‘tkazgan edi.

Shimoliy Amerika ligasidagi faoliyatini esa 2020 yilning oktabridan boshlagan. Iliya Topuriyaning rekordi hozirda 17 ta g‘alabani tashkil etadi va shulardan faqatgina ikkitasi hakamlar qarori bilan qo‘lga kiritilgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting