Topuriya: «Agar Getji chekinmasa, men uni birinchi raunddayoq nokautga uchrataman»
Amaldagi UFC chempioni 14 iyun kuni boʻlib oʻtadiga jang haqida fikr bildirdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
FOTO: Getty Images
Yengil vazn toifasida (70 kg gacha) UFC chempioni, gruziyalik Iliya Topuriya 14 iyun kuni Oq uyda (AQSH) bo‘lib o‘tadigan turnirda amerikalik Jastin Getjiga qarshi kechadigan jang haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Agar u jang boshidanoq ortga chekinmasa, men uni birinchi raunddayoq nokautga uchrataman. Har doim aytaman, oktagonda hech kim mening mahoratimga qarshilik ko‘rsata olmaydi. Buni aytganimda, odamlar meni takabburlikka yo‘ymoqda, ammo unday bo‘lmasa, haq emasligimni isbotlang. Isbotlang. Hozircha hech kim buni uddalay olmadi», — dedi Topuriya Ariel Xelvani podkastida.
Avvalroq Topuriya nima sababdan Getjiga qarshi jangga aynan AQSHda tayyorgarlik ko‘rayotganini tushuntirib o‘tgan edi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist