locale OZ

Terma jamoamizning dzyudo vatanidagi mashg‘ulot yig‘ini yakunlandi

Bugun O‘zbekiston erkaklar terma jamoasining Yaponiya davlatida tashkil etgan 20 kunlik o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘z nihoyasiga yetdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Terma jamoamizning dzyudo vatanidagi mashg‘ulot yig‘ini yakunlandi
photo: Dzyudo Uzbekistan

Bugun O‘zbekiston erkaklar terma jamoasining Yaponiya davlatida tashkil etgan 20 kunlik o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘z nihoyasiga yetdi.

Biroz avval Aleksey Budolin bosh murabbiyligidagi dzyudochilarimiz Kunchiqar yurtdagi so‘nggi mashg‘ulotni o‘tkazishdi. Reja bo‘yicha terma jamoamiz 11-18 yanvar kunlari Kokushikan, 18-24 yanvarda Tokai, 24-29 yanvar kunlari oralig‘ida esa Nixon Universiteti qoshidagi dzyudo markazida shug‘ullanishdi.

Ushbu xalqaro yig‘in doirasida dzyudochilarimiz Yaponiya va Turkiya terma jamoalari bilan birga mashg‘ulotda qatnashishdi. Afsonaviy Kodokanda o‘tkazilgan mashg‘ulotlar har tomonlama foydali bo‘ldi.

Yaponiya yig‘ini 28 fevral - 1 mart kunlari poytaxtimiz mezbonlik qiladigan OTP Group Tashkent Grand Slam 2026 turniriga tayyorgarlik bosqich vazifasini o‘tab berdi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting