Terma jamoamiz “Diamond Games” musobaqasini g‘alaba bilan boshladi
Sobirjonova va Shoniyozova finalga yo‘l oldi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Olamsport.uz
Biroz avval Janubiy Koreyaning Muju shahrida WT taekvondo bo‘yicha G4 toifasidagi “Muju Taekwondowon 2025 World Taekwondo Diamond Games” xalqaro turniri boshlandi.
Musobaqaning ilk kunida yurtimiz terma jamoasi ayollar o‘rtasidagi 110 kg vazn toifasidagi juftlik bellashuvlarida ishtirok etdi. O‘zbekiston sharafini Ozoda Sobirjonova va Madina Shoniyozova himoya qilmoqda.
Yarim finalda taekvondochilarimiz Singapur juftligiga qarshi to‘qnash kelib, 2:0 hisobida ishonchli g‘alaba qozonishdi. Endi finalda ular Mo‘g‘uliston va Janubiy Koreya jamoalari o‘rtasidagi bahs g‘olibi bilan kuch sinashadi.
Bakradze Iman
Redaktor