locale OZ

Tepe Sigeman 2025. Javohir Sindarov kuchlilar qatorida — ikkinchi pog'onada

O'zbek grossmeysteri Shvetsiyadagi nufuzli musobaqada g'alaba bilan peshqadamlar safida
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Olamsport.uz

Shvetsiyaning Malmyo shahrida davom etayotgan shaxmat bo'yicha “Tepe Sigeman 2025” xalqaro turnirida o‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindarov muvaffaqiyatli ishtirokini davom ettirmoqda.

Kechagi, 23-may kuni bo‘lib o‘tgan 4-tur bahsida Sindarov Niderlandiya vakili Ervin L’Ami’ga qarshi oq donalarda o‘ynadi va ishonchli g‘alabaga erishdi. Ushbu natijadan so‘ng Javohirning jamg‘argan ochkolari soni 3 taga yetdi.

Hozirda u turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi va peshqadamlik uchun jiddiy kurash olib bormoqda.

Musobaqa yakunlanishiga hali bir necha tur qolganligi sababli, Javohirda chempionlik uchun imkoniyat saqlanib qolmoqda.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting