locale OZ

Tepe Sigeman 2025: Javohir Sindarov chempionlikka yaqinlashdi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Olamsport.uz

25-may kuni Shvetsiyaning Malmö shahrida shaxmat bo‘yicha “Tepe Sigeman 2025” xalqaro turnirining oltinchi tur bellashuvlari bo‘lib o‘tdi.

O‘tgan kuni — beshinchi tur doirasida — o‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindarov vengriyalik Richard Rapportga qarshi qora donalarda o‘ynab, durang qayd etgan edi. Bu natija orqali u 3,5 ochko to‘plab, yakka peshqadamga aylangandi.

Oltinchi turda Sindarov shved grossmeysteri Nils Grandeliusga qarshi saf tuzdi. Ayni paytda Grandeliusning hisobida 2,5 ochko bo‘lib, u turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinni egallab turgandi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting