Tbilisi Grand Slam 2026 turniriga qur’a tashlandi
Ertaga Gruziya poytaxti Tbilisi shahrida "Katta Dubulg‘a" turkumiga kiruvchi navbatdagi turnirga start beriladi.
Biroz avval Tbilisi Grand Slam 2026 turniriga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Musobaqada ishtirok etuvchi dzyudochilarimiz raqiblarini bilib olishdi. O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida ilk bor bu kabi nufuzli turnirda qatnashuvchi dzyudochilar ham bor.
Dzyudochilarimiz uchun qur’a natijalari:
-60 kg: Samariddin Qo‘chqorov — Mishel Augusto (Braziliya)
-66 kg: Abdurahim Nutfulloyev — Tornike Gigauri (Gruziya)
-66 kg: Azizbek Ortiqov — Erbol Abasbekov (Qirg‘iz Respublikasi)
-73 kg: Nizomiddin Toshpo‘latov — Steven Boldbaatar (Mo‘g‘uliston)
-81 kg: Bobur Yangiboyev — Axmed Turluyev (Rossiya)
-90 kg: Umar Bozorov — Markus Van Diyk (Niderlandiya)
-90 kg: Nurbek Murtazoyev — Vlad Visan (Ruminiya)
-100 kg: Amirsaid Jeyliyev — Tornike Poladishvili (Gruziya)
+100 kg: O‘tkirbek To‘raboyev — Erik Abramov (Germaniya)
AYOLLAR
-48 kg: Ulbusin Hakimova — Laura Espadina (Fransiya)
-52 kg: Sita Kadambayeva — Naomi Van Krevel (Niderlandiya)
-57 kg: Rayhona Mamatova — Tsendbazar Mashbat (Mo‘g‘uliston)
-63 kg: Marjona Nurulloyeva — Maya Bidzinashvili (Gruziya)
-70 kg: Shirinjon Yo‘ldosheva — Aytaj Gardashhanli (Ozarbayjon)