Taxmina Ikromova jahon chempionatida shohsupaga yaqin keldi
O‘zbekiston MOQ Rio-de-Janeyrodagi musobaqa yakunlari haqida ma’lumot berdi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Olympic.uz
Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida badiiy gimnastika bo‘yicha jahon chempionati yakunlandi.
O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi tarqatgan xabarga ko‘ra, hamyurtimiz Taxmina Ikromova to‘p bilan mashq yo‘nalishida shohsupaga juda yaqin keldi. Sportchimiz 28.700 ball to‘plab, to‘rtinchi o‘rinni egalladi.
Uchinchi natijani qayd etgan italiyalik Safiya Rafaelli esa 28.750 ball jamg‘argan.
Bakradze Iman
Redaktor