Tashkent Cadet and Junior Asian Cup: Oʻzbekiston yosh dzyudochilari 32 ta medal bilan mutlaq gʻoliblikni qoʻlga kiritdi
Toshkentdagi “Alpomish” arenasida toʻrt kun davom etgan va Uchqun Murodov xotirasiga bagʻishlangan Tashkent Cadet and Junior Asian Cup musobaqasi oʻz nihoyasiga yetdi. Mazkur nufuzli turnirda oʻsmirlar va yoshlar oʻrtasidagi bellashuvlar juda keskin va shiddatli tarzda oʻtdi.
Terma jamoamiz turnirni yuqori darajada yakunlab, umumjamoa hisobida 9 ta oltin, 9 ta kumush va 14 ta bronza, jami 32 ta medal bilan mutlaq birinchi oʻrinni egalladi.
Ikkinchi oʻrin Qirgʻiz Respublikasiga nasib etdi (3 ta oltin, 1 kumush),
Toshikiston esa bittadan oltin, kumush va bronza medal bilan kuchli uchlikni yakunladi.
IJF bayrogʻi ostida ishtirok etgan sportchilar ham 1 ta oltin va 1 ta bronza medalini qoʻlga kiritishdi.
Soʻnggi kun gʻolib va sovrindorlari:
OʻGʻIL BOLALAR:
-81 kg (33 ishtirokchi)
Samariddin Muxibiddinov (Oʻzbekiston)
Mirjalol Toʻxtayev (Oʻzbekiston)
Asrorbek Toʻlaganov (Oʻzbekiston)
Yedil Yerboluli (Qozogʻiston)
-90 kg (25 ishtirokchi)
Azamat Ablakulov (Oʻzbekiston)
Yegor Rakov (Qozogʻiston)
Amir Abbas Chupan (Eron)
Alisher Samanov (Oʻzbekiston)
-100 kg (21 ishtirokchi)
Muhammadali Zoirov (Oʻzbekiston)
Ozodbek Boyturaev (Oʻzbekiston)
Jonibek Pardayev (Oʻzbekiston)
Ibrohim Nurullaev (Oʻzbekiston)
+100 kg (20 ishtirokchi)
Fazliddin Rafikov (Oʻzbekiston)
Javohir Sadinov (Oʻzbekiston)
Alisher Rasulov (Oʻzbekiston)
Elnur Xolmuminov (Oʻzbekiston)
QIZLAR:
-63 kg (21 ishtirokchi)
Nigina Saparboeva (Oʻzbekiston)
Adina Kochkonbaeva (Qirgʻiziston)
Asal Karimjonova (Oʻzbekiston)
Sezim Oteuli (Qozogʻiston)
-70 kg (12 ishtirokchi)
Alina Moldokulova (Qirgʻiziston)
Shinar Bitimbay (Qozogʻiston)
Burim Abdirayim (Qozogʻiston)
Tuygul Hamroyeva (Oʻzbekiston)
-78 kg (12 ishtirokchi)
Slavyana Relkevich (IJF)
Shoira Aminova (Oʻzbekiston)
Nurshat Kemelxanqizi (Qozogʻiston)
Lizi Kvartxaya (Gruziya)
+78 kg (7 ishtirokchi)
Viktoriya Kiselova (Tojikiston)
Mushtariybegim Afsalova (Oʻzbekiston)
Korkem Baktibek (Qozogʻiston)
Durdona Nizomaddinova (Oʻzbekiston)