Tashkent Cadet and Junior Asian Cup — dzyudochilarimizdan muvaffaqiyatli start!
O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi Tashkent Cadet and Junior Asian Cup musobaqasining birinchi kunidayoq jami 22 ta medalni qo‘lga kiritdi va umumjamoa hisobida peshqadamlikni egalladi. Toshkentdagi “Alpomish” sport arenasi bir necha kunga Osiyo dzyudosining markaziga aylandi. Qit’amizning turli burchaklaridan tashrif buyurgan 300 nafardan ziyod yosh dzyudochilar g‘alaba uchun kurash olib borishdi. Bu yerda raqobat shunchalik kuchli bo‘ldiki, har bir medal faqat yuqori darajadagi tayyorgarlik va iroda natijasida qo‘lga kiritildi.
O‘zbekistonlik sportchilarning katta ustunlik bilan boshlagani kelgusi kunlar uchun ham katta umid bag‘ishlaydi. Birinchi kun natijalari:
O‘smirlar
-50 kg (47 ishtirokchi)
Xurshid Sultanov (O‘zbekiston)
Muhammadqodir Shodmonov (O‘zbekiston)
Azamat Sobirov (O‘zbekiston)
Adhambek To‘ychiyev (O‘zbekiston)
-55 kg (58 ishtirokchi)
Hushnudbek Burhonov (O‘zbekiston)
Abubakr Sattorov (O‘zbekiston)
Ramziddin Norboboyev (O‘zbekiston)
Abubakr Khudoyev (Tojikiston)
-60 kg (59 ishtirokchi)
Tangjarik Momintay (Qozog‘iston)
Muhammadkarim Nosirov (O‘zbekiston)
Abdurahmon Sa’dullayev (O‘zbekiston)
Dilshod Karimov (O‘zbekiston)
-66 kg (45 ishtirokchi)
Sultonbek Qo‘ldoshev (O‘zbekiston)
Nurjigit Koybagar (Qozog‘iston)
Hikmatullo Xolosov (O‘zbekiston)
Mansur Kairzhanov (Qozog‘iston)
Qizlar
-40 kg (17 ishtirokchi)
Dilafruz Boltaboyeva (O‘zbekiston)
Mohinur Ollaberganova (O‘zbekiston)
Alina Kolyucheva (O‘zbekiston)
Anastasiya Stepanova (Qirg‘iziston)
-44 kg (21 ishtirokchi)
Rajeshkumar Gelani (Hindiston)
Zere Talgatkyzy (Qozog‘iston)
Kamola Hasanova (O‘zbekiston)
Smita Pal (Hindiston)
-48 kg (25 ishtirokchi)
Saodat Qoraboyeva (O‘zbekiston)
Nargiza Do‘stmamatova (O‘zbekiston)
Gulmira Xolmurzayeva (O‘zbekiston)
Marjona Sa’dullayeva (O‘zbekiston)
-52 kg (25 ishtirokchi)
Madina Qurbonzoda (Tojikiston)
Nigina Umirzoqova (O‘zbekiston)
Milena Borubolotova (Qirg‘iziston)
Zuhra Alimova (O‘zbekiston)