Tarixiy kun — birinchi Yogasana bo‘yicha milliy chempionat ochilish marosimi bo'lib o'tdi
Boshlangan ochilish marosimi sport, san’at va milliy an’analar uyg‘unlashgan unutilmas sahnaga aylandi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Фото: Спорт вазирлиги
Bugun poytaxtimizda Yogasana bo'yicha milliy chempionat ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Boshlangan ochilish marosimi sport, san’at va milliy an’analar uyg‘unlashgan unutilmas sahnaga aylandi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi bilan boshlangan ochilish marosimida O'zbekiston davlat sport akademiyasi rektori I. Tursunaliyev, Yogasana federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari B. Tuxfatov hamda xalqaro mehmonlar Osiyo Yogasana bosh kotibi Umang Daun va Osiyo Yogasana bosh kotibi o‘rinbosari Neha Chaudhary kabi faxriy mehmonlar ishtirok etdi.
Bugungi ochilish marosimi nafaqat musobaqaning rasmiy boshlanishi, balki mamlakatimizda yoga madaniyatining yangi bosqichga ko‘tarilishidan dalolat beradi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist