locale OZ

Tanzila Narbayeva Qoraqalpog’iston Respublikasi bo’linmasiga Damas va 40ta shosse turidagi velosiped taqdim qildi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Tanzila Narbayeva Qoraqalpog’iston Respublikasi bo’linmasiga Damas va 40ta shosse turidagi velosiped taqdim qildi
PHOTO: Telegram

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati Raisi T.Narbayeva ayni paytda O’zbekiston velosiped sporti federatsiyasi raisi sifatida ham faoliyat olib boradi.

Qoraqalpog’istonga tashrif buyurib, Juqorg’u Kengash raisi A.O’rinbayev bilan uchrashgan Narbayeva Respublika bo’linmasi uchun Damas avtomobili va 40 ta shosse yo’nalishidagi velosipedlarni topshirish marosimida ishtirok etdi.

“Mazkur harakatlar Prezident qaroridagi topshiriqlarni bajarish maqsadida amalga oshirildi. Bugungi kunda velosiped sport turiga hukumat tomonidan ulkan e’tibor qaratilmoqda”,-deb fikr bildirdi Velosiped sporti federatsiyasi raisi o’zining Qoraqalpog’istonga tashrifi davomida so’zlagan nutqida.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting