Talaba-yugur ko`ngillilar yugurish musobaqasi o‘tkazildi
Joriy yilning 24-sentyabr kuni "Yangi O‘zbekiston" bog‘ida Toshkent shahri va Toshkent viloyatidan kelgan ishtirokchilarni Ommaviy yugurish musobaqalari yagona ligasi homiyligida sport bayrami o‘tkazildi.
Sport vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Yengil atletika federatsiyasi, Markaziy Osiyo yurish va yugurish akademiyasi hamkorligida oʻtkazilayotgan “Talaba-yugur” ommaviy yugurish musobaqasining kuzgi mavsumi yurtimiz yoshlari uchun chinakam sport bayramiga aylandi!
“Talaba — yugur” koʻngillilar yugurish sport musobaqasi tashkiliy jarayonlarida universitetning yengil atletika yo‘nalishi professor-o‘qituvchilari va talabalari faol qatnashgan bo‘lsa, universitetning qolgan barcha yo‘nalishda tahsil olayotgan sportchi talabalari ishtiyoq, gʻayrat va sportda g‘oliblik ruhi bilan musobaqada faol ishtirok etishdi.