\"Talaba qizlar ligasi\"da 1-tur yakunlandi
Xabar berganimizdek, poytaxtimizda talaba qizlar jamoalari o’rtasida ilk bor o'tkazilayotgan futzal bo‘yicha “Talaba qizlar ligasi-2025’’ turnirida 1-tur o'yinlari ortda qoldi. Kechagi kungi bahslari Toshkent axborot texnologiyalari universitetining sport zalida o'tkazildi.
32 jamoa ishtirok etayotgan musobaqada jamoalar 8 ta guruhga taqsimlangan. 1-tur o'yinlari haftaning dushanba hamda payshanba kunlari bo’lib o'tdi. Eslatib o’tamiz, talaba qizlar o’rtasidagi turnir 31-mayga qadar davom etadi.
Quyida kecha bo’lib o’tgan uchrashuvlar natijalari bilan tanishing:
1-tur
15-may, payshanba
O’zDJTU – “Oriyental” – 1:1
Oz’MU – “Iqtisodiyot-1” – 1:2
“Fan va texno” – “Konservatoriya” – 0:3
TTESI-2 – O’zDJTU-2 – 0:9
“Geologiya” – “Diplomatiya” – 0:3
TAFU – TKTI – 3:0
“Arxitektura” – UMFT – 0:3
O’TA – “Menejment” - -:- (har ikkala jamoaga texnik mag’lubiyat yozildi)