Taekvondo WT boʻyicha xalqaro o'quv-mashg'ulot yig'ini bo'lib o'tmoqda
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
PHOTO: Telegram
Shu kunlarda taekvondo WT boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi poytaxtimizda navbatdagi oʻquv-mashgʻulot yigʻinini oʻtkazmoqda.
Ahamiyatlisi, hozirda mazkur yigʻinga Xitoy, Tunis, Gruziya, Saudiya Arabistoni, Belarus, Qozogʻiston va Iordaniya jamoalari ham qoʻshilib, 8 ta terma jamoa birgalikda mashgʻulot olib bormoqda.

Qayd etish joiz, har bir davlat oʻzining asosiy tarkib sportchilari bilan qatnashmoqda. Ular orasida 10 nafarga yaqin Olimpiada chempionlari va sovrindorlarini uchratish mumkin. Yigʻin 20-aprelga qadar davom etadi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor