Taekvondo. O‘zbekiston delegatsiyasi VI Islom birdamligi o‘yinlarini umumjamoa hisobida peshqadam sifatida yakunladi
Unda O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolari 3 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronza medallarini qo‘lga kiritdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
ФОТО: Ўзбекистон таэквондо ассоциацияси
Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahri mezbonlik qilayotgan Islom birdamligi o‘yinlari kompleks musobaqalarida taekvondo WT bo‘yicha musobaqalar nihoyasiga yetdi.
Unda O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolari 3 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritgan holda umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi!
G‘olib va sovrindorlar:
Oltin:
Ozoda Sobirjonova (70 kg)
Diyorbek To‘xliboyev (67 kg)
Marat Mavlonov (+82 kg).
Kumush:
Najmiddin Qosimxojiyev (74 kg)
Svetlana Osipova (+70 kg).
Bronza:
Jahongir Xudoyberdiyev (54 kg)
Diyora Azizova (63 kg).
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist