Taekvando. Shuhrat Salayev Bangkok Gran-pri Chellenji g'olibi!
Kun davomida erkaklar +80, ayollar esa 67 kg vazn toifalarida kuch sinashishdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
photo: taekvando Uzbekistan
Tailandning Bankok shahrida o'tkazilayotgan taekvondo WT bo'yicha kattalar o'rtasidagi Gran-pri Chellenj musobaqasining yana bir kuni ortda qoldi.
Kun davomida erkaklar +80, ayollar esa 67 kg vazn toifalarida kuch sinashishdi.
Biz uchun ahamiyatlisi, musobaqaning bugungi kuni doirasida terma jamoamiz a'zosi Shuhrat Salayev hisobimizga oltin medalni taqdim etdi. Shiddatli bellashuvlar yakunida Salayev gretsiyalik Vasilelos Tolyotisdan ustun keldi.
1 Shuhrat Salayev (O'zbekiston)
2 Vasilelos Tolyotis (Gretsiya)
3 Kim Vujin (Koreya Respublikasi).
Ibrohim Jalolov
Redaktor