Taekvando. Milliy terma jamoamiz yilning dastlabki yig‘inini boshladi
Milliy terma jamoamizning 2026-yilda ishtirok etadigan ilk xalqaro musobaqasi "Fujairah Open" xalqaro ochiq chempionati bo'lishi kutilmoqda. Turnir fevral oyida o'tkaziladi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
photo: taekvando Uzbekistan
Taekvondo WT bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi to‘liq tarkibda poytaxtimizda mashg‘ulotlarga kirishdi.
"Universal" sport saroyida o‘tkazilayotgan yilning ilk o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida jami 45 nafar taekvondochilarimiz ishtirok etishmoqda. Mashg'ulotlar kuniga ikki mahaldan o'tkazilib, unda asosan, sportchilarning texnik va taktik ko'nikmalari ustida ishlanmoqda.
Milliy terma jamoamizning 2026-yilda ishtirok etadigan ilk xalqaro musobaqasi "Fujairah Open" xalqaro ochiq chempionati bo'lishi kutilmoqda. Turnir fevral oyida o'tkaziladi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor