Taekvando. Milliy terma jamoamiz VI Islom birdamligi o'yinlarida ishtirok etadi
Shu kunlarda Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida VI Islom birdamligi o'yinlari kompleks turniri o'tkazilmoqda. 15-17-noyabr kunlari musobaqa doirasida taekvondo WT bo'yicha bellashuvlar tashkil etiladi.
Musobaqada ishtirok etuvchi O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolari Ar-Riyod shahriga jo’nab ketdi. Tarkibimiz quyidagicha:
Erkaklar:
Jahongir Xudoyberdiyev (54 kg)
Kamronbek Mansurov (60 kg)
Diyorbek To’xliboyev (67 kg)
Najmiddin Qosimxojiyev (74 kg)
Jasur Jaysunov (82 kg)
Marat Mavlonov (+82 kg).

Ayollar:
Madina Shoniyozova (46 kg)
Laylo Xasanova (51 kg)
Madina Mirabzalova (57 kg)
Diyora Azizova (63 kg)
Ozoda Sobirjonova (70 kg)
Svetlana Osipova (+70 kg).

Murabbiylar: Pavel Xan, Stanislav Xan, Maksim Rafalovich, Zaynobiddin Nazaraliyev, Jasur Boyqo’ziyev.