Taekvando. Keyingi manzil — Tailand! Terma jamoamiz Bangkok Gran-pri chellenjida ishtirok etadi
21-24-noyabr kunlari Tailand poytaxti Bangkok shahrida joylashgan "Indoor Stadium Huamark" majmuasida taekvondo WT bo'yicha "Bangkok 2025 World Taekwondo Grand Prix Challenge" musobaqasi o'tkaziladi.
29 ta mamlakatdan 241 nafar sportchi ishtirok etadigan mazkur turnirda O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolari ham g'oliblik uchun bahs olib boradi.
Tarkibimiz quyidagicha:
Erkaklar:
Jahongir Xudoyberdiyev (58 kg)
Omonjon Otajonov (58 kg)
Diyorbek To’xliboyev (68 kg)
Nazarali Nazarov (68 kg)
Yodgorbek Jo'raboyev (80 kg)
Marat Mavlonov (+80 kg)
Shuhrat Salayev (+80 kg).
Ayollar:
Laylo Xasanova (49 kg)
Madina Mirabzalova (57 kg)
Shabbona Abduvaliyeva (57 kg)
Ozoda Sobirjonova (67 kg).
Murabbiylar: Pavel Xan, Stanislav Xan, Maksim Rafalovich, Zaynobiddin Nazaraliyev, Jasur Boyqo’ziyev.