Suzish va suvga sakrash bo‘yicha O‘zbekiston delegatsiyasi Toshkentga qaytib keldi
Aeroportda sportchilarni O‘zbekiston suv sporti federatsiyasi vakillari kutib oldi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
photo: suv sporti
Hindistonda suv sporti turlari bo‘yicha Osiyo chempionatida suzish va suvga sakrash bo‘yicha musobaqalar yakunlandi. O‘zbekiston terma jamoalari musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etib, Toshkentga qaytishdi.
Aeroportda sportchilarni O‘zbekiston suv sporti federatsiyasi vakillari kutib olib, ularning ajoyib o‘yinini e’tirof etib, medallari bilan tabrikladi.
Suzish va suvga sakrash bo‘yicha terma jamoamiz beshta medalni qo‘lga kiritdi:
Suzish
Ilya Sibirtsev
2-o'rin. 800 m erkin suzish
2-o'rin. 1500 m erkin suzish
Sho'ng'in
Igor Myalin
3-o'rin. 10m platforma
Vyacheslav Kachanov
3-o'rin. 3m tramplin
Vyacheslav Kachanov va Igor Myalin
3-o'rin. 3m tramplinda sinxron sho‘ng‘in
Ibrohim Jalolov
Redaktor