locale OZ

Suv-motor sporti yoʻnalishida xalqaro hamkorlik koʻrib chiqildi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Suv-motor sporti yoʻnalishida xalqaro hamkorlik koʻrib chiqildi
FОТО: Olympic.uz

Bugun Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasiga “H2O Management Ltd.” kompaniyasi hamda Rossiya suv-motorli sport turlari federatsiyasi rahbariyati tashrif buyurdi. Mehmonlarni Sport vaziri Adham Ikramov va MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov kutib olishdi.

Uchrashuv davomida mamlakatimizda suv-motor sporti va akvabayk yoʻnalishlarini rivojlantirish, ushbu sport turlari boʻyicha xalqaro musobaqalarni tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Qayd etish joizki, “H2O Management Ltd.” kompaniyasi ushbu yoʻnalishda yirik xalqaro musobaqalarni tashkil etish va boshqarishda katta tajribaga ega. Bu kabi hamkorlik Oʻzbekistonda mazkur yoʻnalishning yangi bosqichga chiqishiga xizmat qilishi kutilmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting