locale OZ

Suv sporti bo‘yicha Osiyo chempionati yakunlandi

Ayollar o‘rtasidagi turnirda O‘zbekiston Singapur terma jamoasiga 17:18 hisobida yutqazib, oltinchi o‘rinni egalladi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Suv sporti bo‘yicha Osiyo chempionati yakunlandi
photo: suv sporti

Suv sporti bo‘yicha Osiyo chempionati yakunlandi.

Hindistonning Ahmadobod shahrida suv sporti bo‘yicha Osiyo chempionatining suv polosi bo‘yicha so‘nggi kuni bo‘lib o‘tdi va unda terma jamoalarning yakuniy natijalari aniqlandi.

Ayollar o‘rtasidagi turnirda O‘zbekiston terma jamoasi Singapur terma jamoasiga 17:18 hisobida yutqazib, oltinchi o‘rinni egalladi.

Erkaklar o‘rtasidagi turnirda O‘zbekiston terma jamoasi Gonkong jamoasiga qarshi teng va keskin o‘yin o‘tkazib, 15:16 hisobida yakunlandi. Sportchilarimiz sakkizinchi o‘rinni egalladi.

Chempionat yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonning erkaklar va ayollar terma jamoalari 2026-yilda Yaponiyada bo‘lib o‘tadigan 20-Yozgi Osiyo o‘yinlariga yo‘llanma oldi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting